Igor Sergeev: "Yutsa ham, yutqazsa ham "Real"ga muxlislik qilaveraman"

Narzulla Saydullayev
17 apr 2020, 20:30
O'zbekiston terma jamoasi va "Paxtakor" klubi hujumchisi Igor Sergeev "Tezkor studiya" efiri paytida jahonda qaysi klubga muxlis ekanligini aytib berdi.

"Men "Real"ga muxlislik qilaman. Instagram sahifamga bazida klub suratlarini ham joylab turaman. "Real" hozir g'alaba qozona olmayapti? Demak men faqat g'alaba qozonayotgan klubga muxlislik qilishim kerakmi? Men yoshligimdan "Real"ga muxlisman, g'alaba qozonsa ham, yutqazsa ham. Deylik bugungi kunda yuqori darajada emasdir, ammo o'z vaqtida Roberto Karlos, Zidan, Bekxem, Ronaldo... Axir bu super top klub edi-ku. Keyin biroz pasayish bo'ldi, keyin yana yuqori chiqishdi, ketma-ket uch yil Yevropa chempionlar ligasini yutishdi. Hozir yomon o'ynashsa demak "Real"ga muxlislik qilishni to'xtatishim kerakmi? YCHLni tasodifan uch yil ketma-ket yutib bo'lmaydi", - deydi Igor Sergeev.


Quyida "Tezkor studiya"ni to'liq tomosha qilish mumkin. 




O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia