Igor Sergeev "Tobol" bilan xayrlashdi

Narzulla Saydullayev
5 iyun 2023
O'zbekiston milliy terma jamoasi hujumchisi Igor Sergeev erkin agentga aylandi.

Bu haqda Kozhakhmet_Inside telegram kanali xabar berdi.

"Kostanay klubida bu yil moliyalashtirish qisqarganidan keyin Sergeevning maoshini to'lashda muammolarga duch kelgani bois "Tobol" hujumchi bilan xayrlashishga qaror qilgan. Tomonlar o'zaro kelishuvga erishishdi va Sergeev klub ixtiyorini tark etdi. "Tobol" uning o'rniga kamroq maosh oladigan hujumchi olib kelmoqchi", - deb yozadi Kozhakhmet_Inside telegram kanali.

Ma'lumot uchun, Igor Sergeev "Tobol" safida barcha musobaqalarda 66ta o'yinda maydonga tushib 27ta gol urdi va 5ta golli pas berdi. 2021 yilda "Tobol" bilan Qozog'iston chempioni bo'ldi.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia