IFAB yaqin orada "Venger ofsaydi"ni joriy qilmoqchi emas

Aslanov Jasurbek
21 yanv 2026
Futbol qoidalarini tartibga soluvchi xalqaro kengash (IFAB) hozircha Arsenal sobiq ustozi Arsen Venger tomonidan taklif etilgan ofsayd qoidasini ommaviy ravishda qo'llash fikridan voz kechdi.

Bu haqda AS nashri xabar bermoqda. Manbaning yozishicha, ushbu masalani ko'rib chiqish keyinga qoldirilgan. Bunga mazkur qoidani sinovdan o'tkazish uchun qo'shimcha vaqt kerakligi sabab bo'lgan. Hozirda faqat Kanada Premer-ligasi ushbu tizimni test qilishga rozilik bergan.

Yangi qoida bo'yicha yakuniy to'xtam 28 fevral kuni Kardiffda bo'lib o'tadigan IFAB umumiy yig'ilishida qabul qilinadi. O'shanda bu g'oyadan butunlay voz kechilishi yoki Kanadadagi sinovlar davom ettirilishi e'lon qilinadi.

Eslatib o'tamiz, Venger ofsaydi qoidasiga ko'ra, agar hujumchining tanasining biror qismi (gol urishi mumkin bo'lgan a'zosi) himoyachi bilan bir chiziqda bo'lsa, o'yinni davom ettirishga ruxsat beriladi. Yani, futbolchi faqatgina butun tanasi bilan oxirgi himoyachidan o'tib ketsagina, ofsayd qayd etiladi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: As