Ideal xet-trik... Sardor Rashidov jamoasining uchinchi to'purari bo'lib oldi

Mirjalol Normatov
17 fev 2019, 00:48
Sardor Rashidovning xet-triki antiqavor bo'ldi.

Yani, u ideal xet-trikni qayd etdi: Sardor o'ng va chap oyog'i, shuningdek, boshi bilan darvozani ishg'ol qildi.

Shu orqali hamyurtimiz jamoasining to'purarlari ro'yxatida uchinchi o'ringa ko'tarilib oldi. Undan oldinda faqatgina Brayan Roxes (8 gol) va Joao Kamacho (5 gol) bor.

"Nasonal"ning navbatdagi o'yini 24 fevral kuni "Santa-Klara" jamoasiga qarshi bo'lib o'tadi. Bahs Toshkent vaqti bilan 19:30da start oladi.

Sardor Rashidovning urgan gollarini tomosha qiling

Portugaliya chempionati turnir jadvali va taqvimi bilan tanishing

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia