Ibragimovichning shartnomasi MYUdagi boshqa futbolchilarnikidan farq qiladi

Tolibjon Qosimov
11 sen 2017, 20:58
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Joze Mourinyoning takidlashicha, hujumchi Zlatan Ibragimovichning shartnomasida kelishuvni uzaytirish uchun band yo'q.

Shved joriy mavsum boshlanishidan avval mankunianlar bilan bir yillik shartnoma imzolagan.

"Bazi futbolchilaringni shartnomasida uni bir yilga uzaytirish bandi bo'lsa, bu o'yinchilar yana bir yil qolishi mumkinligini anglatadi. Ibragimovich va Maykl Kerrikda esa bunday emas.

Bu ikki futbolchiga mavsum oxirida baho beramiz. Ular nima qilganini tahlil qilamiz" - deydi Mourinyo.


O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: tribalfootball.com