

Xitoy chempionatining bir nechta jamoasi shvedga moliyaviy jihatdan juda ajoyib takliflar yubordi, ammo futbolchi faoliyatini Yevropa grandlaridan birida davom ettirmoqchi va Osiyoga faqat juda katta pul evaziga o'tmoqchi. Nomi ma'lum qilinmagan Xitoy klubi Zlatanga yillik maoshi 70 mln. evro bo'lgan shartnoma taklif qilgan, ammo to'purar ulardan 100 mln. evro so'ragan.
Ibragimovichning PSJ bilan shartnomasi joriy mavsum oxirida yakuniga etadi.



