Manchester Yunayted hujumchisi Zlatan Ibragimovich Angliya kubogi doirasida Blekbernga qarshi o'yinda gol urdi (2:1).
Shu tariqa, shvetsiyalik futbolchi to'rtta turli mamlakat kuboklarida gol urishga erishdi. Bungacha Zlatan Italiya, Ispaniya va Fransiya kuboklarida to'p kiritgan.