

"Futbol tashqarisida sodir bo'layotgan voqealar meni oldingidan ko'proq qiziqtiradi. Avvallari takliflarga ko'z ham tashlamasdan rad etar edim. Hozir ham futbol asosiysi, ammo endi qarorlarni futbolchi sifatida qabul qilaman.
MLS? Hammasi o'zimga bog'liq. Bu juda jiddiy loyiha bo'lishi kerak. O'zimni yaxshi his qilyapman va yarim yildan so'ng nima bo'lishini bilmayman. Tanam xuddi mashinaga o'xshaydi: Qancha ko'p haydasang, shuncha yaxshi yuradi. Yoshim to'xtashni talab qilayotgani yo'q" - deydi Ibragimovich.



