Ibragimovich: "Pogbaning o'rniga MYU jamoa uchun jonini beradigan futbolchi olish kerak"

Mirjalol Normatov
31 iyul 2019, 22:10
"Los-Anjeles Gelaksi" hujumchisi Zlatan Ibragimovich "Manchester Yunayted" Pol Pogbani "Real"ga qo'yib yuborishni tavsiya qildi.

"Agarda Pogba jamoadan ketishni istasa, uni ushlab o'tirishdan mano yo'q. Yaxshisi, uni qo'yib yuborib, "Manchester Yunayted" uchun jonini beradigan futbolchi olish kerak. U baribir jamoa uchun bor kuchini sarflamaydi. Shuning uchun ham klub o'z qiziqishlarida o'ralashib qolishi kerak emas", - dedi Ibragimovich.

Oldinroq Pogbaning o'zi jamoadan ketishni istayotgani borasida ma'lumotlar berilgandi. 

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: BBC