Ibragimovich "Napoli"ga qarshi o'yinda maydonga qaytishi mumkin

Alisher
5 mar 2022, 13:10
"Milan" hujumchisi Zlatan Ibragimovich "Napoli"ga qarshi Italiya chempionati 28-tur doirasidagi o'yinda maydonga tushishi mumkin.

40 yoshli shved yakka tartibda shug'ullanmoqda, ammo jarohatidan tiklanish uchun imkon qadar barchasini qilishga urinmoqda.

Ibragimovich 2021/22 yilgi mavsum "Milan" tarkibida 19ta o'yinda maydonga tushib, 8ta gol va 2ta assist qayd etdi. Forvard jarohati sabab 23 yanvardan beri o'ynamayapti.

"Napoli" - "Milan" o'yini ertaga bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Football Italia