Ibragimovich: "MYU Superkubokni uyiga olib ketadi, uni qo'lga kiritmagunimizcha tinchlanmayman"

Aslanov Jasurbek
6 avg 2016, 17:12
"Manchester Yunayted" hujumchisi Zlatan Ibragimovich "Lester"ga qarshi Angliya Superkubogi uchun bahs oldidan yaxshi kayfiyatda.

"Lester"ga qarshi bahsda biz birinchi sovrinni qo'lga kiritamiz. Bir o'yin - bir sovrin. Men sovrinlar qo'lga kiritishga o'rganib qoldim. Bu erga vaqt o'tkazish uchun kelganim yo'q. Angliya Superkubogi - biz uyga olib ketadigan birinchi sovrin. Men 30 ta sovrin yig'dim va qolganlarini ham yutib olmoqchiman. Bunga erishmagunimcha tinchlanmayman. Men g'alaba qozonish uchun o'ynayman" - deydi Ibragimovich.

"Lester" - "Manchester Yunayted" uchrashuvini hamkorimiz "Aleziya.com" orqali jonli efirda tomosha qilishingiz mumkin.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com