

"O'zimni yaxshi his qilyapman. "Old Trafford" va uchrashuvlarni sog'ingandim, endi qaytdim va ijobiy hissiyotlarni tiklayman deb umid qilaman. Bir bahs ko'p narsani o'zgartirishi va sen uchinchi, to'rtinchi, beshinchi yoki oltinchi bo'lishing mumkin. Birinchi o'rin bizdan ancha uzoqda va ikkinchisi ham, ammo qolgan joylar uchun kurash kechmoqda...
Chempionlar ligasiida ishtirok etish uchun keraklicha ochko to'play olamiz, biroq xato qilishga haqqimiz yo'q. Ko'proq harakat qilish lozim, shundagina to'rtlikka kira olamiz" - deydi Ibragimovich.



