Ibragimovich MYU bilan Xitoyga bormasligi mumkin

Narzulla Saydullayev
14 iyul 2016, 09:20
Zlatan Ibragimovich Manchester Yunaytedning Xitoydagi 8 kunlik turnesida ishtiroki so'roq ostida.

Qizil iblislar ustozi Joze Mourinyo 34 yoshli shvetsiyalik futbolchiga Evro-2016dan so'ng qo'shimcha xordiq olish imkoniyatini yaratib bermoqchi.

Ibragimovich MYU safidagi ilk uchrashuvini 30 iyul kuni Geteborgda Galatasaroy yoki 3 avgustda Old Traffordda Evertonga qarshi o'tkazadi.

Xitoyda Manchester Yunayted Dortmundning Borussiya va Manchester Siti klublariga qarshi o'ynaydi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: theguardian.com