Ibragimovich: "MLSda istalganidan zo'rman"

Tolibjon Qosimov
6 okt 2018, 11:11
"Los-Anjeles Gelaksi" hujumchisi Zlatan Ibragimovich MLSdagi eng yaxshi futbolchiga beriladigan sovrin uchun harakat qilmasligini aytib o'tdi.

"Ushbu sovrin asosiy maqsadim emas, bu men uchun shunchaki bonus. MLSda shundoq ham istalganidan zo'rman", - deb fikr bildirdi Zlatan.

Ma'lumot uchun, 36 yoshli futbolchi MLS klubi safida 20ta gol urdi va to'purarlar bahsida Jozef Martines(30 gol)dan keyin ikkinchi o'rinda bormoqda.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Goal.com