Ibragimovich "Milan"ga o'tadimi? Rayola bu haqida ma'lumot berdi

Aslanov Jasurbek
15 okt 2018, 13:22
"Los-Anjeles Gelaksi" hujumchisi Zlatan Ibragimovichning agenti Mino Rayola forvardning "Milan"ga o'tishi haqidagi mish-mishlarga fikr bildirdi.

"Biz "Milan" bilan muzokara o'tkazmadik. Turli klublar bilan ko'plab uchrashuvlar uyushtiramiz, ammo hozircha ular orasida "Milan" bo'lgani yo'q" - deydi Rayola.

Oldinroq, Rayola Ibragimovich "Milan" bilan muzokaralarga tayyorligini aytgan edi. Shu bilan birga "Manchester Yunayted" ustozi Joze Mourinyu shvedni jamoaga qaytarmoqchi ekanligi haqida xabarlar e'lon qilingandi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Football Italia