Ibragimovich “Milan derbisi”ga qadar safga qaytadimi?

Eldor Akmurzayev
6 fev 2020, 19:45
“Milan” hujumchisi Zlatan Ibragimovich “Inter”ga qarshi 9 fevral kuni bo'lib o'tadigan uchrashuvgacha safga qaytishi kutilmoqda.

Bahs A Seriyaning 23-turi doirasida bo'lib o'tadi. 

Ibragimovich esa bo'lajak o'yin oldidan oyog'ining to'piq qismidan olgan jarohatini tiklashi aytilmoqda. Bugun, tongda 38 yoshli futbolchi individual tarzda klub mashg'ulotlarida qatnashgan. 

Zlatan joriy mavsum yarmidan “rossonerilar” a'zosiga aylandi va jamoa libosida 5ta o'yin o'tkazib, ikkita gol urishga erishdi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Sky Sports