Ibragimovich "Milan" bilan yangi shartnoma imzoladi

Оқил Абдубарноев
18 iyul 2022, 19:27
Shvetsiyalik hujumchi Zlatan Ibragimovich "Milan" bilan yangi shartnoma imzoladi.

Bugun 40 yoshli hujumchi Italiyaning Garda ko'lidagi villasida klub direktorlari Paolo Maldini va Frederik Massarani qabul qildi va u yerda 2023 yilgacha mo'ljallangan shartnomani imzoladi.

Insayder Janluka Di Marcioning so'zlariga ko'ra, shvetsiyalik futbolchi yiliga 1-1,5 million evro va natijaga qarab bonuslar oladi.

"Rossonerlar" hujumchi bilan shartnoma uzaytirilganini rasman e'lon qildi. Ibragimovich 11-raqamda maydonga tushadi.

Eslatib o'tamiz, Zlatan may oyi oxirida tizzasidan operaciya qilingandi, shu sababli u yana kamida olti oyni o'tkazib yuboradi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: acmilan.com