

Zlatan derbida bitta gol urdi hamda bitta golli pas berdi.
"Nima bo'lganini tushuntirish qiyin. Tanaffusda o'zimizga dastlabki 15 daqiqa hal qiluvchi bo'lishini aytgandik va aynan o'sha vaqt ichida ikkita gol o'tkazib yubordik. "Milan" ishonishdan, pressing qilishdan va o'ynashdan to'xtadi. Tanaffusdan keyin bizning o'yinimiz "quladi". O'ylashimcha, hammasi tajribaga bog'liq. Chunki, 2:0 hisobida oldinda borayotganingda o'yinni nazorat qilishni bilish kerak.
"Milan" birinchi bo'limni deyarli ideal o'tkazdi. "Inter"dan ko'prog'ini kutgandim, ular birinchi bo'limda 2-pog'onada borayotgan jamoaga o'xshashmadi. Ular tanaffusdan so'ng o'zlarini ko'rsatishdi", - deya Ibragimovichning so'zlarini keltirdi "Sky Sport Italia".

Zlatan joriy mavsum "Milan" tarkibida 6ta o'yinda ishtirok etdi va 3ta gol urib, bitta golli pas berdi.
"Yuventus"ning "Verona"dan uchragan mag'lubiyati (1:2)dan foydalanib qolgan "Inter" 54 ochko bilan birinchi o'ringa ko'tarilib oldi. "Keksa sinoralar"da ham shuncha ochko bor, lekin to'plar nisbatiga ko'ra milanliklar oldinda. "Lacio" esa 53 ochko bilan uchinchi o'rinda. "Milan" esa 32 ochko bilan 10-pog'onada bormoqda.
Italiya chempionati turnir jadvali >>>>> A Seriya



