

2015 yilning yakunida imzolangan kelishuvga ko'ra, shvedning bir oylik maoshi 1,5 mln. evroni tashkil qilmoqda, avvallari esa oyiga 800 ming evro ishlab topar edi. Ma'lumotlarga ko'ra, parijliklar rahbariyati jamoa yetakchisini joriy mavsumdagi ajoyib o'yini uchun mukofotlagan. Zlatan joriy mavsumda Liga 1ning 17 uchrashuvida maydonga tushib, 17 ta gol urdi va 6 ta golli pas berdi.
Bundan tashqari, shvedniing shartnomasida mavsum oxirida shaxsiy natijalar uchun ham bonus mablag'i ajratilishi belgilab qo'yilgan. Zlatanning PSJ bilan bitimi 2016 yilning yozida yakuniga etadi.



