Ibragimovich: "Afsona xaliyam maydonda"

Narzulla Saydullayev
13 iyun 2016, 13:13
Shvetsiya terma jamoasi futbolchisi Zlatan Ibragimovich Irlandiyaga qarshi o'yin oldidan o'z fikrlarini bildirib o'tdi.


"Men o'zim o'ynagan barcha joyda yetakchilik qilganman. Bu borada muammo bo'lmagan.

O'zimga juda ishonyapman. Men mavsumni ajoyib o'tkazdim. Yevropa chempionati esa men yashayotgan Fransiyada bo'lmoqda.

Yildan yilga kuchayayotganimni his qilmoqdaman. Har kuni futbol o'ynayman. Nima istayotganimni juda yaxshi bilaman va bunga erisha olaman. Afsona xaliyam maydonda", - deydi Ibragimovich.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: Foxsports.com