Ian Rayt: "MYU Ronaldusiz bu pog'onaga yaqin ham kela olmasdi"

Mirjalol Normatov
17 apr 2022, 18:11
Ian Rayt MYU hujumchisi Krishtianu Ronalduning o'yinlaridan hayratda ekanligini ma'lum qildi.

"Agarda Ronaldu MYUda bo'lmaganida, jamoa hozir egallab turgan pog'onasiga yaqin ham kela olmasdi. Krishtianu aynan shuning uchun kelgan va shunga pul to'lashmoqda. U ajoyib, hayratlanarli o'yin ko'rsatmoqda.

"Norvich" kurashishga qodir jamoa. Biroq "Yunayted" yana shunday o'yin ko'rsatadigan bo'lsa, "Liverpul" ularni shunchaki yanchib o'tib ketadi", - dedi "Arsenal"ning sobiq futbolchisi.

Ushbu mavsumda 37 yoshli forvard klubi tarkibida 35 o'yinda 21 gol va 3 assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal