Husayn Norchaev: "Qarshidagi o'yinda muxlislarimizni xursand qilishga harakat qilamiz"

Aslanov Jasurbek
7 mar 2021, 12:26
O'zbekiston Superkubogidan o'rin olgan "Paxtakor"– "Nasaf" o'rtasidagi uchrashuvdan so'ng "ajdarlar" hujumchisi Husayn Norchaev fikrlarini bildirib o'tdi.

"Faoliyatimdagi ilk Superkubok bahsi omadsiz o'tdi. Lekin biz yaxshi o'yin o'tkazdik, deya olaman. Qaysidir pallada omad yoki tajriba yetishmadi. O'yin davomida bir qancha golli vaziyatlar yaratdik. 

Bu yil hujum chizig'ida o'ynashim menga bosim yuklamasligi kerak, deb o'ylayman. Avvalgiga qaraganda ikki karra kuchliroq harakat qilishim zarur. Murabbiylarning ishonchini oqlash uchun bor kuchimni ishga solaman. Qarshida ham bizni oson bo'lmagan o'yin kutmoqda. Revansh hissi qo'shimcha kuch berishi tayin. Nasib qilsa, chiroyli g'alaba bilan muxlislarni xursand qilishga intilamiz",- deydi Norchaev. 



Reklama 



O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia