Husayn Norchaev: "Finalda mag'lub bo'lganimiz alam qildi, lekin..."
Narzulla Saydullayev
4 may 2024
O'zbekiston U-23 terma jamoasi hujumchisi Husayn Norchaev musobaqa haqida o'z fikrlarini bildirdi.
"Eng asosiy maqsadimiz Olimpiada yo'llamasi edi. Finalda mag'lub bo'lganimiz biroz alam qildi, nima ham qila olardik. Ishlashda davom etamiz va Olimpiadada yaxshi natija qayd etishga harakat qilamiz", - dedi Husayn Norchaev.