Husanov, Hakimi, Grinvud... Liga 1da mavsumning birinchi qismi ramziy terma jamoasi

Tolibjon Qosimov
1 yanv 2025, 11:55
Hamyurtimiz Abduqodir Husanov navbatdagi ramziy terma jamoada.

Garchi Fransiya chempionatida hali 1-davra bellashuvlari yakuniga etmagan bo'lsada, mavsumning birinchi va ikkinchi qismi aynan yangi yil kirib kelishi bilan ajratib olinadi.

28 dekabr kuni "LʼEquipe" nashri ichki chempionatda mavsumning birinchi qismi uchun ramziy terma jamoani tuzgan va undan Husanov o'rin olgan edi. Endi esa muxlislar talqiniga ko'ra, Fransiya chempionati dastlabki qismining ramziysi e'lon qilindi. Tabiiyki, undan Abduqodir ham joy olgan.

Muxlislar talqiniga ko'ra Liga 1 birinchi qismi ramziysi:

Darvozabon: Xeronimo Ruli ("Marsel");

Himoyachilar: Ashraf Hakimi (PSJ), Villian Pacho (PSJ), Abduqodir Husanov ("Lans"), Nunu Mendesh (PSJ);

Yarim himoyachilar: Rayan Sherki ("Lion"), Joau Nevesh (PSJ), Per-Emil Xoyberg ("Marsel");

Hujumchilar: Bredli Barkolya (PSJ), Jonatan Devid ("Lill"), Meyson Grinvud ("Marsel").

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: x.com/Ligue1