Hozirgi paytda eng ko'p maosh olayotgan futbolchilar ma'lum qilindi

Mirjalol Normatov
18 sen 2022, 12:35
PSJ futbolchisi Kilian Mbappe dunyoning eng ko'p maosh oladigan futbolchisi bo'lib oldi.

"Sportico" xabariga ko'ra, 2022/23 yilgi mavsum startiga ko'ra, fransiyalik futbolchi yiliga 125 million evro (105 million maosh, 20 million reklamalardan) mablag' ishlamoqda. Ikkinchi o'rina esa yiliga 113 million evro ishlayotgan (53+60) Krishtianu Ronaldu turgan bo'lsa, kuchli uchlikni Leo Messi 110 million evro (62+48) bilan yakunlab bergan.

4. Neymar – PSJ, 91 mln (56+35);

5. Muhammad Saloh – "Liverpul", 39,5 mln (24,5+15);

6. Eden Azar – "Real", 31,3 mln (28,6+2,5);

7. Andres Inesta – "Vissel Kobe", 30 mln (23+7);

8. Rahim Sterling – "Chelsi", 29,4 mln (21,4+8);

9. Kevin de Bryuyne – "Manchester Siti", 29 mln (25,5+3,5);

10. Antuan Grizmann – "Atletiko", 27,5 mln (22+5,5).

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sportico