Hotam Trabelsi: "Oldingi Angliya tarkibida mashhur nomlar ko'proq edi"

Xayrulla Xoliqov
17 fev 2018, 11:51
Tunis terma jamoasi JCH-2018dagi ishtirokini Angliyaga qarshi bahs bilan boshlaydi.

Qizig'i shundaki, 1998 yilgi jahon chempionatida ham Tunis o'zining ilk uchrashuvini Angliyaga qarshi o'tkazgan va 0:2 hisobida mag'lub bo'lgandi. O'shanda Alan Shirer bilan Pol Skoulz tomonidan kiritilgan gollar inglizlarga uch ochko taqdim etgan.

O'sha o'yin qatnashchilaridan biri  Hotam Trabelsi qariyb 20 yil oldingi bahsni yodga oldi:

- "0:2 hisobida yutqazib qo'yganimiz hozir ham yodimda. O'shanda Angliya tarkibida judayam kuchli edi: Devid Bekxem, Alan Shirer, Sol Kempbell, Pol Skoulz kabi futbolchilar o'ynardi. Biz raqibdan rostdan qo'rqqandik".

- "Hozir ham Angliya terma jamoasi o'ziga yarasha kuchli, lekin 1998 yilgi jamoada nomdor o'yinchilar ko'p edi. Hozir inglizlarda texnik futbolchilar kamayib ketdi, ularda mehnatkash futbolchilar ko'proq".

- "Lekin endilikda Tunis terma jamoasi ham o'zgardi. Biz raqibdan qo'rqmaydigan bo'ldik. O'ylaymanki, jahon chempionatida Tunis terma jamoasi ham o'zini ko'rsata oladi. Balki birinchi o'yindayoq Angliyaga syurpriz tayyorlarmiz".

O'xshash yangiliklar


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: fifa.com