"Hokim kubogi": "Neftchi-2" "Qo'qon-1912"ga yutqazdi

Narzulla Saydullayev
1 fev 2016, 14:14
1 fevral kuni Qirgulidagi “Neftchi” SK stadionida “Qo'qon-1912-1” hamda “Neftchi-2” jamoalari o'zaro raqobat olib borishdi.

O'yinda Murod Ismoilov shogirdlari kichik hisobda zafar quchishdi. Bahsning 35-daqiqasida Otabek Haydarov tomonidan kiritilgan to'p Qo'qon jamoasiga g'alaba keltirdi.

Aytish kerakki, qo'qonliklarga qarshi o'yinda “Neftchi-2” yoshlari o'zlaridan yaxshi taassurot qoldirishdi. Uchrashuv davomida Oliy liga vakillari “Neftchi-2” darvozasi qarshisida bir qator xavfli vaziyatlar yuzaga keltirishdi. Biroq ko'plab vaziyatlarda “Neftchi” yoshlari yaxshi himoyalanishdi va o'z omadlarini qarshi hujumdan izlashdi. Shu tariqa, “Qo'qon-1912-1” -“Neftchi-2” o'yinida qo'qonlik futbolchilar navbatdagi ochkolarni rasmiylashtirishdi.

“Qo'qon-1912-1” – “Neftchi-2”  – 1:0 (1:0)
Gol
: Otabek Haydarov – 32.
Hakamlar: Olim To'ychiboev, Shoxrux A'zamov, Davron Kurchiev.

“Qo'qon-1912-1”: Ruslan Matniyazov,  Jalil Kimsanov,  Sardor Qahhorov,  Alisher Ziyovuddinov, Aziz To'xtaboev, Abdulloh Olimov, Orif Mamajonov,  Furqat Hasanboev,  Ilya Ilin,  Ilhom Komilov, Otabek Haydarov.
Zaxira:  G'ayrat Hasanov,  Bahodir Akramov,  Otabek Zokirov,  Alibobo Rahmatullaev,  Oybek Rustamov,  Abdul Aziz Yusupov, Oybek Nurboev.

“Neftchi-2”:  Sergey Smarodin, A'zam Xolmatov,  Abduqodir Ortiqov,  Xurshid Asqaraliev,  Islom Toshpo'latov,  Otabek Muhammadjonov,  Aziz Nosirov, Jamshid Hoshimov, Husniddin G'ofurov,  Abror Ismoilov,  Bobur Farhodov.
Zaxira: Shuhrat Rahmonov,  Mo'min Mamurjonov,  Elomon Karimov,  Sarvar Abdullaev,  Anvar Aminjonov,  Mirjamol Ne'matov,  Anvar Abdulhaqov.

 
Eslatib o'tamiz, bugun “Neftchi-1” ham o'ynaydi. Fyodorov shogirdlarining navbatdagi raqibi Namanganning “Norin” jamoasi hisoblanadi. Bellashuv soat 15:00da Qirgulidagi “Neftchi” SK stadionida bo'lib o'tadi.

"Neftchi" PFK matbuot xizmati.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcneftchi.uz