"Hokim kubogi": "Neftchi-1"dan yana bir g'alaba

Narzulla Saydullayev
1 fev 2016, 17:38
Bugun Qirgulidagi “Neftchi” SK stadionida Namanganning “Norin” hamda “Neftchi-1” jamoalari o'zaro raqobat olib borishdi.

Bu safargi o'yinda Andrey Fyodorov O'tkir Yusupovga ilk daqiqalardan imkoniyat berdi. “Yozyovon-Lochinlari”ga qarshi bahsda Abdumavlon Abdujalilov jamoa darvozasini qo'riqlagan edi. Shuningdek, yarim himoyachi Damir Nizanov ham “Norin”ga qarshi asosiy tarkibda o'yin boshladi. Aytish kerakki, Damir “Yozyovon-Lochinlari”ga qarshi raqobatda o'zidan yaxshi taassurot qoldirgan edi.

O'yinga keladigan bo'lsak, bellashuv “Neftchi-1” futbolchilarining kichik hisobdagi g'alabasi bilan yakunlandi. Otabek Isroilov tomonidan kiritilgan to'p Andrey Fyodorov shogirdlariga turnirdagi ikkinchi g'alabani taqdim etdi. Ma'lumot o'rnida, “Neftchi-1” o'tgan galgi bahsda “Yozyovon-Lochinlari” jamoasi 4:1 hisobida taslim qilgan edi.

“Hokim kubogi-2016”. Qirguli. “Neftchi” SK stadioni.

“Norin” (Namangan) – “Neftchi-1” (Farg'ona) 0:1
Gol:
Otabek Isroilov.
“Norin”: Artur Parvonov, Alijon Alijonov, Alisher Abdullaev, Shoirbek Ro'ziev, Farrux Nurboev, Sardor Safarov, Doston Ibragimov, Eldor Ergashev, Anvar Abduqodirov, Shokir Yoqubjonov, Umar To'xtasinov.
Zaxiradan o'yinga qo'shilganlar: Javohir Sadirov, Muhammad Nuriddinov, Dilnur Malikov, Shahboz Ergashboev, Ilhom Tojiboev, Muqum Toshmatov, Iskander Ismoilov.

“Neftchi-1”: O'tkir Yusupov, Shukur Po'latov, Doston Tursunov, Ilxom Boydedaev, Umid Qodirov, Muxsin Ubaydullaev, Sardor Eminov, Alisher Samatov, Sherzod Hakimov, Damir Nizanov, Otabek Isroilov.
Zaxiradan o'yinga qo'shilganlar: Abdumavlon Abdujalilov, Sardor Qulmatov, Dilyor Irmatov, Javohir Rasulov, Baxtiyor Yoqubov, Abdurahmon Abdulxaqov, Murod Bobojonov.

 Eslatib o'tamiz, “Neftchi-1” navbatdagi o'yinini 3 fevral kuni “Andijon” jamoasiga qarshi olib boradi. Andijonliklarga qarshi bellashuv ham Qirgulidagi “Neftchi” SK stadionida bo'lib o'tadi. Uchrashuv soat 15:00da boshlanadi.

“Neftchi” PFK matbuot xizmati.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcneftchi.uz