Hojimat Erkinov Toshkentga qaytadi

Narzulla Saydullayev
9 iyun 2021, 20:18
O'zbekiston terma jamoasi JCH-2022 saralashi doirasidagi Yaman va Saudiya Arabistoni bilan bahslarga tayyorgarlikni davom ettirmoqda.

Singapur bilan o'yinda jarohat olgan Hojimat Erkinovning holati biroz jiddiyroq ekani aniqlandi. Shu bois futbolchi Toshkentga qaytib tiklanish jarayonlarini boshlaydigan bo'ldi.

Eslatib o'tamiz, Erkinov Singapurga qarshi bahsning ikkinchi taymida zaxiradan maydonga tushgan va jarohat olib maydonni tark etgandi. 

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia