Hojimat Erkinov harakat qilayotgan "Torpedo" RPLdan quyi ligaga tushib ketdi

Administrator
13 may 2023, 23:55
SSKAdan uchralgan mag'lubiyat jamoani rasman FNLga jo'natdi.

RPL 27-turida SSKA "Torpedo"ni yirik 3:0 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. Hojimat Erkinov ushbu uchrashuvning 70-daqiqasida zaxiradan maydonga tushirildi. 

SSKAdan uchralgan bu mag'lubiyatdan so'ng "Torpedo" Rossiya Premer-ligasidan quyi ligaga tushib ketishi aniq bo'ldi. Jamoa RPLda 13 ochko bilan 16-o'rinda bormoqda. Chempionat yakunlanishiga uch tur qolganda jamoa pley-offda qatnashish imkonini beruvchi o'rindan 10 ochko ortda qolmoqda.

"Torpedo"  o'tgan mavsumda RPLga chiqqandi. Jamoa eng yuqori divizionda bundan avval 2015 yilda harakat qilgandi. Endi Erkinovning jamoasi Birinchi ligada harakat qilishiga to'g'ri keladi. 

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: championat.asia