Hindistonda o'yin vaqti tomoshabinlar bilan to'lgan tribuna qulab tushdi

Оқил Абдубарноев
21 mar 2022, 19:15
Mahalliy havaskorlar ligasi o'yinida dahshatli epizod yuz berdi.

Hindistonlik muxlislar 7 kishidan iborat jamoalar futbolini tomosha qilishni yaxshi ko'radilar. Bu o'yinda esa ular soni shunchalik ko'p ediki, o'yinlardan birida eski, chirigan tribuna tomoshabinlarni ko'tara olmasdan, ular bilan birga qulab tushdi.

Shundan so'ng vahima va ur-yiqit boshlandi. Rasmiylar 200 dan ortiq kishi yaralangani, biroq halok bo'lganlar yo'q ekanligi haqida ma'lum qildi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Eurofootball