Hindistonda Maradonaning bronza haykali ochildi (+FOTO)

Aslanov Jasurbek
12 dek 2017, 13:27
Hindistonda Diego Maradonaning bronza haykali ochilishi bo'lib o'tdi.

1986 yilda jahon chempioniga aylangan afsonaviy argentinalik haykali qo'lida mundial kubogini ko'tarib turgan futbolchi sifatida aks ettirilgan.

57 yoshli maradonalik marosimga shaxsan tashrif buyurdi.

"Men futbol xudosi emasman, shunchaki futbolchiman. Kalkuttada ekanimdan xursandman. Bu yerda haykalim borligi hayron qoldirdi" - deydi Maradona.

Haykalning balandligi - 3,65 metr. Tanqidchilarning fikricha, ushbu sanat namunasi Angliya terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi Roy Xojsonga o'xshab qolgan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Guardian