

Barcha muxlislarga yaxshi tanish bo'lgan, faoliyatining asosiy qismini hakamlik sifatida o'tkazgan Hasan Ro'ziev klub direktori etib tayinlandi. Hasan Ro'ziev zimmasiga Surxon jamoasini nufuzini yanada ko'tarish, yosh iqtidorlarga e'tibor qaratish vazifasi yuklatildi.
Eslatib o'tamiz, Hasan Ro'ziev bu yildan futboldagi hakamlik faoliyatini yakunlagan edi.



