Hamyurtimiz U-17 Jahon chempionatida ishlaydi

Narzulla Saydullayev
17 okt 2019
Joriy yilning 26 oktyabr – 17 noyabr kunlari Braziliyada 17 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasida Jahon chempionati bo'lib o'tadi.

Braziliyaning 3 ta shahri mezbonlik qiladigan kichik mundialga o'zbekistonlik FIFA instruktori Farhod Abdullaev ham tayinlov oldi. Hamyurtimiz mazkur Jahon chempionati mobaynida uchrashuvlarni boshqarib boruvchi hakamlar ishini tahlil etib, ularni baholab boradi.

Takidlash joiz, U-17 Jahon chempionati davomida shuningdek, Xorxe Larrionda (Urugvay), Oskar Ruis (Kolumbiya), Valentin Ivanov (Rossiya) hamda Due Nomandiez (Kot-d'ivuar) kabi instruktorlar ish olib borishadi.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: ufa.uz