Hamyurtimiz Mali - Fransiya uchrashuvida hakamlarga baho qo'yadi

Narzulla Saydullayev
31 may 2019
Ayni kunlarda Polshada 20 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasida Jahon chempionati bo'lib o'tayotganidan xabaringiz bor.

Mazkur musobaqalarda hamyurtimiz FIFA va OFK instruktori Farhod Abdullaev ham ish olib borayotganini ma'lum qilib o'tgandik. Farhod Abdullaev bugun "E" guruhidan o'rin olgan Mali hamda Fransiya terma jamoalari o'rtasidagi o'yinda hakam nazoratchisi sifatida ish olib boradi. O'yin Toshkent vaqti bilan soat 21:00da boshlanadi.

Mazkur juftlik o'rtasidagi uchrashuv guruh g'olibini aniqlab berishini ham takidlash zarur.

U-20 JCH, "E" guruhi
Mali - Fransiya
Bosh hakam:
Said Martines (Gonduras)
Yon hakamlar: Uolter Lopes, Xelpis Felic (Gonduras)
To'rtinchi hakam: Fernando Guerrero (Meksika)
Hakam nazoratchisi: Farhod Abdullaev (O'zbekiston)


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: ufa.uz