Hamrobekov: "Murabbiy himoyada tartibli o'yin ko'rsatishimizni xohlayapti"

Aslanov Jasurbek
17 okt 2018, 12:04
O'zbekiston terma jamoasi yarim himoyachisi Odil Hamrobekov Qatarga qarshi o'rtoqlik uchrashuvidan (2:0) so'ng, bahs haqida fikr bildirdi.

- Qatarga qarshi bahs KXDR bilan bo'lgan o'yindan qiziqarliroq bo'ldi, muxlislar zerikib qolishmadi deb o'ylayman. Qatar Osiyoning kuchli jamoalaridan biri hisoblanadi. G'alaba ishqibozlarni xursand qilgan bo'lsa, bundan mamnunmiz.

- Bugungi bahsdan oldin murabbiy qanday ko'rsatma berdi?

- Murabbiy himoyada tartibli o'yin ko'rsatib, hujumga o'tishimizni istadi. Ektor Kuper raqib kim bo'lishidan qatiy nazar shu uslubda harakat qilishimizni xohlamoqda.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.asia