

"Men "Torino"ga endigina o'tgandim. Mashg'ulotlarning birinchi kuni edi. Yonimga klub xodimlaridan bo'yi past biri kishi kelib, shuday dedi: "Sen chempionatning eng kuchli o'yinchilaridan biri bo'lasan. Shuni yodingda tut!"
Men uni shunchaki aqldan ozgan deb o'yladim. Keyinchalik bilishimcha uning ismi Toni Vigato va u "Torino"ning iqtisod bo'lim boshlig'i ekan. "O'zimcha, bu Toni deganlari futbolni tushunarmidi?", - degandim. "Lekin vaqt o'tishi bilan u ko'p narsani yaxshi bilishiga amin bo'ldim".

Endi har safar gol urganimda, doim uni izlayman. Yoniga yugurib borib, Tonini quchoqlayman.
Har uchrashuvdan oldin "Hammasi o'z qo'lingda! Senga ishonaman! Bugun gol ura olasan!", - deb aytardi Vigato.
"Har safar goldan so'ng, u yig'laydi. Uning quvonchini ko'rish - katta baxt!", - deydi Andrea Beolotti.
Nozima Zaripova tayyorladi



