Hamidjon Aktamov: "Navoiyda g'alaba qozonmaganimizga ancha bo'lgandi"

Narzulla Saydullayev
22 sen 2020
Superliga 16-turidan o'rin olgan "Qizilqum" hamda "Mashal"(1:0) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Hamid Aktamov fikrlari bilan o'rtoqlashdi.




"Navoiyda g'alaba qozonmaganimizga ancha bo'lgandi. Bugungi o'yin haqida gapiradigan bo'lsam qiziqarli o'tishi oldindan kutilgandi. Undan ham shiddatli o'yin bo'ldi. Ohirgi daqiqalarda gol urib g'alabaga erishdik. Bizga g'alaba kerak edi, yigitlar so'nggi daqiqagacha borlarini berib kurashishdi. Ularga rahmat aytib qolaman. Qimmatli bo'lgan uch ochkoni qo'lga kiritdik. G'alaba bilan barcha muxlislarimizni tabriklayman.

Debyutini o'tkazgan Ilhom Kenjaev haqida fikrim yomon emas. Kelajagi bor futbolchi. Sekin-asta asosiy tarkibga jalb qilib boramiz. Bugun u yaxshi o'ynadi", - deydi Hamidjon Aktamov.




Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia