

- "Lokomotiv"ni g'alaba bilan tabriklayman. Jamoamiz yaxshi o'ynadi. "Lokomotiv" shunday jamoaki, raqibni xatosini kechirmaydi.
Agarda penaltidan unumli foydalanganimizda, balki boshqacha bo'lardi.
Hujumdagi muammolarimiz yaqqol ko'rinib turibdi. Nafaqat bugun, balki butun mavsum davomida hujumdagi kamchiliklarimiz bizga pand bermoqda. Hujumchilarimiz bo'sh o'ynashmoqda. Buning ustida albatta ish olib boramiz.
Derkach? Bu futbolchi ko'p yillar jamoamizga yordam bergan. Ammo hozirda bu futbolchi o'yinlarga tayyor emas.
Ikkinchi davrada balki undan voz kechamiz.
Hakamlik? Sherzod Qosimov o'yinni professional tarzda boshqardi. Unga hech qanday etiroz yo'q.



