Hamidjon AKTAMOV: “Har ikkala jamoa ham chiroyli o'yin namoyish etdi”

Aslanov Jasurbek
27 may 2017, 02:28
“Dinamo”- “Qizilqum” (0:1) uchrashuvidan keyin navoiyliklar ustozi o'yin haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

-Bugun har ikkala jamoa a'zolari chiroyli o'yin namoyish etishdi. “Dinamo” ham o'z o'yin uslubiga ega, shakllangan jamoa ekanligi ko'rinib turdi. Yigitlarga rahmat. O'yin oldidan oldilariga qo'yilgan vazifani uddalashdi. O'z navbatida bizni Navoiydan kelib qo'llab-quvvatlab turgan muxlislarga ham minnatdorchilik bildiraman. Umuman bugungi o'yinda g'alaba bizga juda zarur edi. O'ylaymanki, keyingi o'yinlarda ham chiroyli g'alabalar bilan ishqibozlarni xursand etamiz.

-Gol kiritilgan vaziyatni qanday baholaysiz?

-Men hakamlarni qarorini muhokama qilmayman. O'sha vaziyatda “ofsayd” yo'q edi, menimcha. Keyin to'pni mezbon himoyachilardan biriga tegib darvozaga borib tushdi. 

"Qizilqum" matbuot xizmati.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia