Hakamlarimiz UEFA seminarida ishtirok etishdi

Narzulla Saydullayev
7 noya 2016
Kuni kecha O'zbekiston futbol federatsiyasi instruktori, FIFA referisi Vladislav Seytlin rahbarligida yurtimiz hakamlari Shveytsariyaning Non shahrida o'tkazilgan seminarda ishtirok etib qaytishdi.

Ikki hafta davom etgan o'quv-amaliyot mashg'ulotlarini UEFA bosh instruktori Devid Ellaray hamda italiyalik taniqli mutaxassis, FIFA referisi Roberto Rozetti  olib bordi. Seminar doirasida referi Naim Qosimov (Dehqonobod), laynsmenlar Obid Jumaev (Navoiy) hamda Sanjar Shoyusupov (Toshkent)lar bir nechta uchrashuvlarda o'z mahoratlarini namoyish etishdi.

Seminar yakunida sinovdan muvaffaqiyatli o'tgan hakam va laynsmenlarimiz maxsus diplom hamda sertifikatlar bilan taqdirlandilar.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia