"Chelsi" ukrainalik darvozabonga ko'z tikdi

Sherzod Nurmatov
13 sen 2024
Angliyaning "Chelsi" klubi ukrainalik posbon Vladislav Krapivcov nomzodini ko'rmoqda, deya xabar berdi jurnalist Igor Burbas.

Xabar qilinishicha, 19 yoshli Krapivcov "ko'klar"ning o'rinbosarlari safida ko'rikdan o'tmoqda va tez orada ular bilan shartnoma imzolashi mumkin. 

Avvalroq ukrainalik futbolchiga "Sautgempton" ham qiziqish bildirgan, biroq ular Krapivcov tufayli Yevropa Ittifoqi fuqaroligi bo'lmagan futbolchi uchun ajratiladigan yagona kvotadan foydalanmaslikka qaror qilishgan.

Eslatib o'tamiz, Vladislav Krapivcov Evro U-19 musobaqasining eng yaxshi darvozaboni deb etirof etilgandi. U o'tgan mavsum Ukrainaning "Dnerp-1" o'smirlar jamoasida 25 ta o'yin o'tkazgan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: isport.ua