

"Special One" hakamlarni Madrid klubiga yon bosishda aybladi.
Nima sodir bo'ldi?
O'yinning 85-daqiqasida Vinisius Junior raqibiga nisbatan qo'pollik ishlatdi, biroq bosh hakam Fransua Letekse unga ikkinchi sariq kartochkani ko'rsatmadi. Bundan g'azablangan Mourinyu zaxira hakamiga etiroz bildirib, ketma-ket ikkita sariq kartochka oldi va maydondan quvildi.
Mourinyuning "achchiq" haqiqati:
"Meni maydondan chiqarib yuborishdi, chunki men yaqqol ko'rinib turgan gapni aytdim. Hakamning qo'lida maxsus varaqcha bor edi. U yerda Tchuameni, Xeysen va Karreras sariq kartochka olmasligi kerakligi yozib qo'yilgandi. Chunki ular ogohlantirish olsa, javob o'yinini o'tkazib yuborishardi.
Men zaxira o'rindig'ida 1400 ta o'yin o'tkazganman va kimga kartochka berish mumkin-u, kimga mumkin emasligini yaxshi bilaman. Bu tizim qanday ishlashi bizga ma'lum. Real g'alabaga loyiq edi, lekin bu boshqa masala", - dedi Mourinyu "Movistar"ga bergan intervyusida.
Javob o'yini haqida:
Murabbiy Madriddagi bahsni o'tkazib yuborishidan afsusda ekanligini bildirdi:
"Endi javob o'yinida zaxira o'rindig'ida bo'lolmayman, kiyinish xonasiga kirib, jamoa bilan gaplasha olmayman. Bu men uchun qiyin, lekin yordamchilarim bunga tayyor bo'lishadi".
Eslatib o'tamiz, "Real" va "Benfika" o'rtasidagi javob uchrashuvi "Santyago Bernabeu"da bo'lib o'tadi. Mourinyusiz lissabonliklar Madridda mo'jiza ko'rsata olishadimi?



