

"Navbahor": Murabbiylar shtabida o'zgarish
"Navbahor" ikkinchi davraga tayyorgarlikni 14 iyul kuni Namanganda boshladi. Jamoa safida jiddiy o'zgarishlar bo'lgani yo'q. Faqatgina Robert Gay "lochinlar" murabbiylar shtabidan o'rin oldi. "Navbahor"ni Mustafo Bayramov ikkinchi davraga tayyorlayapti. Aytish joizki, uning ishidan futbolchilar ham, muxlislar ham qoniqishyapti.
"Guliston": Afsus...
Afsuski, qiyinchilik bilan tuzilgan jamoa, huddi "Paxtakor" kabi inqirozga uchrayapti. Baxtiyor Ashurmatovning 2 yillik mehnati klubga bo'lgan e'tiborni pasayib kyetishi tufayli barbod bo'lish arafasida. Agar qisqa vaqt ichida jamoa o'ziga yangi byudjet manbasini topmas ekan, futbolchilar klubni tark etishga majbur bo'ladilar. Kuni kecha Boburjon Akbarov "Neftchi" mashg'ulotlariga borib qo'shilgan. Tabiiyki bunday pallada, keladiganlar haqida gapirish noro'rin.
"Neftchi": Mana senga olam-olam gul!
Mashhur intermediadan keltirilgan jumlalarni bu safar "Paxtakor"ga emas, "Neftchi" uchun yozishni maqul ko'rdik. "Neftchi"ni oyoqqa turishidan nafaqat farg'onaliklar, balki biz ham juda xursand bo'layapmiz. "Neftchi" oliy liga tarixidan joy olgan grand jamoalardan biri, shunday ekan uni avvalgi darajasiga qaytishi chempionatimiz uchun ayni muddao. Joriy mavsum beshtalikka kirishga harakat qiladigan farg'onaliklar, keyingi yil o'z oldilariga chempionlik vazifasini qo'ysalar ajablanmaymiz. Buning uchun Farg'onada, pul, muxlis va o'yinchi borasida muammo yo'q. Jamoa ikkinchi davra oldi mashg'ulotlarini boshlab yubordi hamki, o'z safini bir qator futbolchilar bilan to'ldirishda davom etyapti. Xislat Chilmatov, G'ayrat Hasanov, Shukur Jumaboev, Nosir Otaqo'ziev, Mo'ydin Mamazulunov va Abduqahhor Xojiakbarov kabi futbolchilar "Neftchi" mashg'ulotlarida ishtirok etayaptilar. Ketganlar esa yo'q.
"So'g'diyona": O'zgarishsiz
Jizzaxliklar 12 iyul kuni o'z uylarida mavsumga hozirlikni boshlab yubordilar. Ertadan esa mashg'ulotlar Toshkentga ko'chadi. Tarkibda hozricha hech qanday o'zgarish bo'lgani yo'q.
"Dinamo": Xayr, Kleckov!
Joriy mavsumni "Dinamo" safida boshlagan Aleksandr Kleckov Turkiya birinchi ligasi vakili "Orduspor" jamoasi safiga borib qo'shildi. Tabiiyki bu Ravshan Haydarov uchun jiddiy yo'qotish bo'ldi. Jamoaga rasman yangi kelganlar yo'q. Ammo ularning soni ko'payishi aniq. Ravshan Akmalovich ikkinchi davra boshlangunicha, "Paxtakor"dan bir qator futbolchilarni ijaraga olmoqchi.
"Sho'rtan": Faqat kyetishyapti
Bugun "Sho'rtan" saytida transferga qo'yilgan futbolchilardan tashqari nomlari zikr etilgan o'yinchilar rasman klubni tark etmaganliklari haqidagi xabar chiqdi. Aslida esa ko'plab futbolchilar ikkinchi davra oldidan boshlanadigan mashg'ulotlarda "Sho'rtan" safiga borib qo'shilishni istashmayapti.
"Qizilqum": Hali rasman hech kim ketgani yo'q
Shunday bo'lsada jamoani bir qator asosiy tarkib futbolchilari tark etishmoqchi. "Paxtakor"dan ijaraga olingan futbolchilar, Farrux Shotursunov va JCH ishtirokchisi Azamat Abdullaev ortga qaytishi mumkin. Jamoa esa hafvli zonadan chiqib kyetishi uchun, MDH davlatlaridan futbolchilarni taklif etishni rejalashtirgan.



