Gyundogan oktyabrda safga qaytadi

Aziz Tukhtamuradov
11 sen 2014, 21:39
Dortmundning "Borussiya" jamoasi futbolchisi Ilkay Gyundogan qachon maydonga qaytishi mumkinligini aytib o'tdi.
"Hech narsadan qo'rqayotganim yo'q. Avvalgidek o'ynash qo'limdan keladi.

O'z oldimga qo'ygan maqsadimga erishganman deya olmayman. Chunki, jarohatimdan so'ng formamni tiklab olganimcha yo'q. Oktyabrning boshlarida safga qaytaman", - deydi futbolchi.

Eslatib o'tamiz, 23 yoshli futbolchi belidagi jarohati sababli 13 oyni maydondan tashqarida o'tkazib yubordi.

Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: sports.ru