Gyundogan: "Manchester Siti" va "Liverpul" nafaqat Angliya, balki butun Yevropaning eng yaxshi ikki jamoasi sanaladi"

Оқил Абдубарноев
17 okt 2022, 21:08
"Manchester Siti" yarim himoyachisi Ilkay Gyundogan APL 11-turidan o'rin olgan "Liverpul"ga qarshi o'yinda (0:1) jamoasining mag'lubiyati haqida fikr bildirdi.

“O'yindan hafsalamiz pir bo'ldi. Bir-ikkita yaxshi golli vaziyatlarni golga aylantira olmadik hamda raqibga gol urish uchun imkoniyat taqdim etdik. Saloh birinchi imkoniyatni golga aylantira olmagani bizga asqotgandi, lekin u ikkinchi imkoniyatdan foydalandi.

"Manchester Siti" va "Liverpul" so'nggi bir necha yil ichida Angliyaning, ehtimol, butun Yevropaning eng yaxshi ikkita jamoasi sanaladi. Albatta, bunday raqiblarning o'yini keskin va tajovuzkor bo'lishi kerak edi. Qolaversa, tribunalarda juda ko'p muxlislar to'planishdi. O'yin ajoyib ruhda o'tishini hamma bilardi. Ammo natija biz uchun salbiy bo'ldi", - dedi Gyundogan.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: mancity.com