Gyotce Yevropa ligasida hafta o'yinchisi deb topildi

Aslanov Jasurbek
17 sen 2021, 20:55
Yevropa Ligasida haftaning eng yaxshi futbolchisi aniqlandi.

Mukofotga PSV yarim himoyachisi Mario Gyotce loyiq topildi. 29 yoshli nemis futbolchisi "Real Sosedad"ga qarshi guruh bosqichining 1-tur uchrashuvida (2:2) gol urdi hamda assistentlik qildi.

Shuningdek, ushbu sovringa Viktor Osimxen ("Napoli"), Deklan Rays ("Vest Xem") va Xuanmi ("Betis") da'vogarlik qilishgandi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: twitter.com/EuropaLeague