Gvardiolaning testi shubhali bo'lib chiqdi

Mirjalol Normatov
17 dek 2021
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiolaning COVID-19 testi shubhali bo'lib chiqdi.

Shu sababli uning "Nyukasl"ga qarshi o'yin oldidan o'tkazishi kerak bo'lgan matbuot anjumani ham qoldirildi. 50 yoshli mutaxassis testni yana bir bor topshirdi va uning natijalari hali e'lon qilinganicha yo'q.

APLning 18-turi doirasidagi "Nyukasl" - "Manchester Siti" bahsi yakshanba kechasida bo'lib o'tadi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal