Gvardiolaning onasi koronavirus sababli vafot etdi

Mirjalol Normatov
6 apr 2020, 19:23
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiolaning onasi vafot etdi.

"Shaharliklar" matbuot xizmati xabariga ko'ra, Dolores Sala Karrio bugun Barselonada koronavirus sababli vafot etgan. U 82 yoshda edi.

"Klubda ishlaydigan barchaning nomidan Pep va uning oilasiga hamdardlik bildiramiz", - deb yoziladi klub bayonotida.

Oldinroq Gvardiola koronavirusga qarshi kurashish uchun Barselona kasalxonalariga 1 mln evro xayriya qilgandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal