Gvardiolaning "Manchester Siti" bilan kelishuvi yo'q
Aslanov Jasurbek
10 okt 2015, 10:15
"Bavariya" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola "Manchester Siti" bilan kelishuvga ega emas.
Oldinroq ispan mutaxassisi ingliz klubi bilan og'zaki kelishuvga erishgani ma'lum qilingan edi. Gvardiolaning kelajagi ko'plab savollarga sabab bo'lmoqda, ammo murabbiyning o'zi klubda ishini davom ettirishi haqida hech narsa degani yo'q.